Ko'k ko'ylakka qo'l etmas. (Osmon)
Ko'k kosani to'ntardim. (Osmon)
Ko'k ko'ylakka g'o'za yoydim. (Osmop, yulduzlar)
Oppoq sandiq ochildi,
Olamga nur sochildi. (Osmon, quyosh)
Uzoq tog'da o't yonar. (Quyosh)
Suvda yotar — suv ichmas,
Yurganini odam bilmas. (Quyosh)
Oltin kelganda, kumush ketar,
Kumush kelganda, oltin ketar. (Quyosh, Oy)
Bir parcha patir,
Olamga tatir. (Oy)
Kecha tomda bir patir ko'rdim,
Erta qarasam — yo'q. (Oy)
Tom ustida bir anor,
Hadding bo'lsa, ushlab ol. (Oy)
Onasi bitta.
Bolasi mingta. (Oy va yulduzlar)
Kechasi uchakka jo'xori sepdim,
Azonda qarasam yitibdi. (Osmon, yulduzlar)
Mildir
-mildir munchoq,
Erta tursam biri yo'q
Javobni koʼrsat
Osmon, yulduzlar